Узбек O'zbek
Skaloni: «Ikardi istalgan vaqtda milliy jamoaga qaytishi mumkin»
Juma, 15 Noyabr
2496

Argentina bosh murabbiyi Lionel Skaloni «PSJ» hujumchisi Mauro Ikardi milliy jamoaga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.

«Biz Ikardining o‘yinlarini kuzatmoqdamiz. U so‘nggi o‘yinlarda sermahsullik ko‘rsatmoqda. Uning gollar urishi juda muhim. Biz uni har doim milliy jamoaga nomzod deb hisoblaymiz, ammo hozirda yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan boshqa futbolchilar ham bor. Mauro istalgan paytda qaytishi mumkin. Eng yaxshilar uchun eshiklar doimo ochiq», – deb Skalonining so‘zlarini keltiradi Goal. 

Ma’lumot uchun, Ikardi ushbu mavsumda barcha turnirlar doirasida 10ta o‘yin o‘tkazib, 9ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz