Узбек O'zbek
JCH U17. Braziliya va Meksika finalga chiqdi
Juma, 15 Noyabr
2283

Braziliyada o‘tkazilayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida 1/2 final o‘yinlari yakunlandi.

Meksika va Niderlandiya o‘yini taqdirini penaltilar seriyasi hal qildi. Unda shimoliy amerikaliklarning qo‘li baland keldi. Braziliya o‘smirlari so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga Fransiyani mag‘lub etdi.

JCH U17, Braziliya – 2019
1/2 finallar
14 noyabr
Meksika – Niderlandiya 1:1 (pen. 4:3)
Gollar: Alvares (89) – Regeyer (74)

Fransiya – Braziliya 2:3
Gollar: Kalimuyendo (7), Mbuku (13) – Kayo (62), Veron (76), Lazaro (89)

Final
17 noyabr
Meksika – Braziliya

3-o‘rin uchun bahs
17 noyabr
Niderlandiya – Fransiya

Teglar
U17

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz