Узбек O'zbek
Yevro-2020 chempionatining 10ta ishtirokchisi aniq bo‘ldi
Juma, 15 Noyabr
9389

14 noyabr kungi o‘yinlardan keyin yana 4ta terma jamoa 2020 yilgi Yevropa chempionatidagi ishtirokini hal qildi.

Bungacha Rossiya, Belgiya, Italiya, Polsha, Ispaniya va Ukraina terma jamoalari muddatidan avval Yevro-2020 turniridagi ishtirokini kafolatlagandi, endi bu terma jamoalar safiga Turkiya, Fransiya, Angliya va Chexiya terma jamoalari ham qo‘shilishdi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi Yevropa chempionati UEFA tarkibidagi milliy assotsiatsiyalarning 12ta shahridagi 12ta stadionda bo‘lib o‘tadi. Turnirda 24 terma jamoa qatnashadi, bu terma jamoalar 4tadan 6 guruhni tashkil qilishadi. Yevro-2020 uchun qur’a tashlash marosimi 2019 yilning 30 noyabrida Buxarestda o‘tkaziladi. Final uchrashuvi 12 iyul kuni Londondagi «Uembli» stadionida o‘tkazilishi belgilangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz