Узбек O'zbek
«Arsenal» darvozaboni – «seyv»lar bo‘yicha APL peshqadami
Juma, 15 Noyabr
1771

Angliya Premer-Ligasi «Tvitter» sahifasi o‘tkazilgan 12 turdan keyin eng yaxshi ko‘rsatkichga ega futbolchilarni e’lon qildi.

Xususan, «Arsenal» darvozaboni Bernd Leno eng ko‘p – 49 marta seyv qilib, jamoasini muqarrar gollardan saqlab qolgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u «Bornmut» posboni Aron Remsdeyl (43) va «Brayton» darvozaboni Met Rayanni (43) ortda qoldirmoqda.

Qayd qilish joizki, Leno 12ta turning barchasida maydonga tushgan va 17ta gol o‘tkazib yuborgan. «Arsenal» APL jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz