Узбек O'zbek
Yaman Falastinni mag‘lub etdi
Payshanba, 14 Noyabr
17864

«D» guruhining 5-tur doirasidagi ikkinchi o‘yini ham yakuniga yetdi. Bahraynda o‘z o‘yinini o‘tkazgan Yaman Falastin terma jamoasini minimal hisobda mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 55-daqiqasida Falastin terma jamoasi himoyachisi va darvozaboni yo‘l qo‘ygan qo‘pol xato, yakunda yamanliklarning g‘alabasi bilan tugadi.

Ushbu g‘alabadan keyin Yaman ochkolar sonini 5 taga yetkazdi va Falastin hamda Singapurni ortda qoldirib, guruhda 3-o‘ringa chiqib oldi. O‘zbekiston terma jamoasi esa Saudiyaga mag‘lub bo‘lgach, 2-o‘ringa tushdi.

JCH-2022. Saralash. Osiyo. 5-tur.

“D” guruhi

Yaman – Falastin 1:0

Gol: Umar Al Dahi, 55.

Chetlatish: Mahmud (34)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz