Узбек O'zbek
Suriya, Avstraliya va Yaponiyada yuz foizli natija. Birinchi davradan keyin barcha guruhlardagi holat
Payshanba, 14 Noyabr
13036

Iordaniya va Avstraliya (0:1) o‘rtasidagi uchrashuv bilan Osiyoda JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichi 5-turining barcha uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.

14 noyabr, seshanba kuni o‘tkazilgan sakkizta guruhdagi 5-tur o‘yinlaridan keyin ikkinchi bosqichning 1-davrasiga yakun yasaldi. Faqatgina uch guruhda 3 ta terma jamoa barcha o‘yinlarini g‘alaba bilan yakunlagan.

Jumladan, “A” guruhida Suriya Xitoy terma jamoasini mag‘lub etib, 4 o‘yinda 4 g‘alaba qayd etgan holda yaqqol peshqadam bo‘lsa, “V” guruhida Avstraliya safarda Iordaniyani mag‘lub etib, guruhida 100 foizli natija ko‘rsatdi. “F” guruhida esa peshqadam Yaponiya Qirg‘izistondan 0:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytib, 4 o‘yindan keyin maksimal – 12 ochko to‘pladi.

O‘zbekiston terma jamoasi 19 noyabr kuni 6-tur doirasida Falastin terma jamoasini qabul qiladi. Ushbu o‘yindagi g‘alaba milliy terma jamoamizni kamida 7-turgacha - 2020 yilning 26 mart kuniga qadar guruhda peshqadam bo‘lishini ta’minlaydi. Sababi, kelasi turda Saudiya Arabistoni terma jamoasi dam oladi.

Quyida 5-turning barcha natijalari va guruhlardagi holat bilan tanishing:

JCH-2022. Saralash. Osiyo. 5-tur.

14 noyabr (payshanba)

“A” guruhi

Suriya – Xitoy – 2:1

Maldiv – Filippin – 1:2

“V” guruhi

Iordaniya – Avstraliya – 0:1

Kuvayt – Xitoy Taypeyi – 9:1

“S” guruhi

Gonkong – Bahrayn – 0:0

Iroq – Eron – 2:1

“D” guruhi

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni – 2:3

Gollar: Eldor Shomurodov 16, Otabek Shukurov 56 pen. - Salman Al Faraj 23 pen., 85, Salim Al Dosari 89.

 

Yaman – Falastin 1:0

Gol: Umar Al Dahi, 55.

 

6-tur. 19 noyabr (seshanba)

O‘zbekiston – Falastin

Yaman - Singapur

 

“E” guruhi

Afg‘oniston – Hindiston – 1:1

Ummon – Bangladesh – 4:1

“F” guruhi

Qirg‘iziston – Yaponiya – 0:2

Myanma – Tojikiston – 4:3

“G” guruhi

Vetnam – BAA – 1:0

Malayziya – Tailand – 2:1

“N” guruhi

Livan – Janubiy Koreya – 0:0

Turkmaniston – Shimoliy Koreya – 3:1

 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz