Узбек O'zbek
«Real» transferlar rekordini yangilamoqchi
Chorshanba, 13 Noyabr
19283

Madridning «Real» klubi «Pari Sen-Jermen»ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe uchun rekord darajada mablag‘ to‘lashga tayyor. Bu haqda Calciomercato nashri Le Parisien manbasiga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, «Real» «PSJ»ga 20 yoshli forvard uchun 400 yevro to‘lashga tayyor.

Ayni vaqtda jahonning eng qimmatbaho futbolchisi Neymar hisoblanadi. Braziliyalik bu hujumchi 2017 yil yozida «Barselona»dan «PSJ»ga 222 mln yevro evaziga transfer bo‘lgandi.

Mbappening «PSJ» bilan shartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgan. U Fransiya chempionatining joriy mavsumida 7 o‘yinda maydonga tushib, 5 gol urdi va 3 golga uzatma berdi.

Bundan avvalroq, Mbappe «parijliklar» bilan shartnomasi uzaytirishni istamayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Fransuz futbolchisi 2019/20 yilgi mavsum yakunida «PSJ»ni tark etishi kutilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz