Узбек O'zbek
Neymar yana «Barselona»ga qaytish haqida o‘ylay boshladi
Chorshanba, 13 Noyabr
7182

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Neymar «Barselona»ga qaytish fikridan qaytgani yo‘q.

Mundo Deportivo nashri ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik forvard yana Kataloniya poytaxtiga tashrif buyurgan. Futbolchi Luis Suaresning rafiqasining tug‘ilgan kuni munosabati bilan tashkil etilgan ziyofatda qatnashgan. Bayramga Lionel Messi ham kelgan. Uchrashuv vaqtida Neymar keyingi mavsumda «Barselona»ga qaytish haqidagi orzusini amalga oshirmoqchiligini aytgan.

Neymar «PSJ»ga 2017 yil yozida «Barselona»dan o‘tgandi. O‘shanda transfer qiymati 222 mln yevroni tashkil etgan. Keyinroq OAVda bir necha marta ushbu forvard Parijda o‘zini baxtli his qilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Neymar bir necha bor «Barselona»ga qaytishga urindi, ammo hozircha bu transfer ro‘y bergani yo‘q.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz