Узбек O'zbek
«Barselona» va «PSJ» qishda «Yuventus» yarimhimoyachisini qo‘lga kiritmoqchi
Chorshanba, 13 Noyabr
3430

«Yuventus» yarimhimoyachisi Emre Jan klubni tark etmoqchi.

Jan «Yuventus»ning Chempionlar Ligasi qaydnomasiga kiritilmaganidan xafa. Futbolchining bosh murabbiy Mauritsio Sarri bilan aloqasi yaxshi emas.

Diario Sport'ning xabariga ko‘ra, qishda futbolchini «Barselona» va «PSJ» klublaridan biri sotib olishi mumkin. Xabar qilinishicha, bitim taxminan 40-50 mln yevro atrofida baholanmoqda. 

«Barselona» yanvarda Ivan Rakitich va Karles Alenyani sotishga tayyor. So‘ng Janni sotib olmoqchi.

«PSJ» ham Janni taklif qilmoqchi, chunki klubga raqib o‘yinini buzadigan futbolchi kerak. Klubning fikricha, Marko Verratti va Ander Errera bu funksiyani bajara olishmaydi, ular – ijodkor futbolchilar. «PSJ» yanvar oyidagi kurashda favorit hisoblanmoqda.

Jan bu mavsumda A Seriyada 4ta o‘yin o‘tkazdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz