Узбек O'zbek
Saudiya Arabistoni Ispaniya Superkubogi mezbonligi uchun 120 million yevro to‘laydi
Seshanba, 12 Noyabr
2941

 Ispaniya Superkubogi uchrashuvlarining mezbonligi Saudiya Arabistoniga topshirilganidan Ispaniya Qirolligi Futbol Federatsiyasi (RFEF) katta daromad ko‘radi.

 Superkubok bahslarining yaqin uch mavsum davomida Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi uchun mezbon davlat ispanlarga 120 million yevro to‘laydi, deya yozadi “As” nashri.

 Ushbu mablag‘dan 20 million yevro ishtirokchi klublar o‘rtasida taqsimlansa, yana 20 million yevro Ispaniya Qirolligi Futbol Federatsiyasi hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiyadagi o‘yinlar davomida stadionga ayollarning kirishiga ham ruxsat beriladi.

 Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Superkubogida «Real», «Barselona», «Valensiya» va «Atletiko» klublari ishtirok etishadi. Yarim finallar 2020 yilning 8 va 9 yanvar kunlari, final esa 12 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz