Узбек O'zbek
Xorvatiya yarimhimoyachisi Slovakiya bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Seshanba, 12 Noyabr
1102

Xorvatiya miliy jamoasi va «Barselona» yarimhimoyachisi Ivan Rakitich jarohati sababli Yevro-2020 saralashidan o‘rin olgan Slovakiyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.

Yarimhimoyachi «Barselona» mashg‘ulotlarida tovonidan jarohat oldi. 31 yoshli futbolchi milliy jamoa bazasida tekshiruvdan o‘tdi.

«Jamoaga yordam bera olmasligimdan afsusdaman, ammo jamoadoshlarim muvaffaqiyat qozonishiga ishonaman. Ular birinchi o‘yinda mensiz Slovakiyani mag‘lub etishgan. O‘ylaymanki, ular buni ikkinchi marta ham amalga oshirishadi. Men qalban jamoa bilan birgaman», – deb Rakitichning so‘zlarini keltiradi As.

Xorvatiya – Slovakiya bahsi 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz