Узбек O'zbek
Beyl milliy jamoa tarkibida umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tkazmoqda
Seshanba, 12 Noyabr
779

«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl Uels milliy jamoasining umumiy guruhida mashg‘ulot o‘tkazmoqda, deb xabar beradi As.

30 yoshli futbolchi milliy jamoalar o‘yinlaridan so‘ng, 13 oktyabrdan beri rasmiy o‘yinlarda maydonga tushgani yo‘q. U so‘nggi bor Xorvatiyaga qarshi bahsda o‘ynagan va oyoq mushaklaridan jarohat olgan edi.

Yarimhimoyachi «Real»da sportzalda mashg‘ulotlar o‘tkazdi, ammo rasmiy o‘yinlarda maydonga tushmadi.

Uels hali ham Yevro-2020ning yakuniy bosqichiga chiqish imkoniyatiga ega. Uelsliklar 16 noyabr kuni mehmonda Ozarbayjon bilan, 19 noyabr kuni esa o‘z uylarida Vengriya bilan o‘ynashadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz