Узбек O'zbek
«Napoli» prezidenti yetakchi futbolchilarni transferga qo‘ymoqchi
Dushanba, 11 Noyabr
4515

«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis tarkibni yangilash maqsadida yetakchi futbolchilarni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Calciomercato xabariga ko‘ra, yanvarda klubni hujumchi Dris Mertens, yarimhimoyachi Allan, hujumchi Lorenso Insine, himoyachilar Kalidu Kulibali, Favziy G‘ulom va Elseid Xyusay tark etishi mumkin. De Laurentis jamoada «yangi davr»ni boshlamoqchi.

Avvalroq, «Napoli» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan Aurelio De Laurentis o‘rtasida nizo kelib chiqqani va mutaxassis klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shundan so‘ng, «Napoli» fanatlari klubdagi parokandalikka norozilik bildirib, qarorgohda namoyish uyushtirishgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz