Узбек O'zbek
Zidan: «Har bir o‘yinchi o‘zining kerakli ekanligini his qilishi kerak»
Yakshanba, 10 Noyabr
2257

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 13-turidan o‘rin olgan «Eybar»ga qarshi o‘yindan so‘ng (4:0) o‘z fikrlarini bildirdi.

«Biz ko‘p ishladik va qilayotgan ishimizga ishondik. O‘yinchilarimizning mahorati tufayli hamma narsa osonlashdi. Biz ishlashda davom etishimiz kerak, chunki bundan keyin qiyin bo‘ladi.

Valverde uchun xursandman. Bugun asosiy tarkibda so‘nggi o‘yinda maydonga tushmagan 3ta futbolchi bor edi, ammo o‘yin sifati o‘zgarmadi. Bizda yaxshi dinamika bor va bu juda muhim. Rotatsiya kerak. Har bir o‘yinchi o‘zining kerakli ekanligini his qilishi kerak. 

Azar birinchi bo‘limda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Xursandmiz, u, albatta, «Real» uchun muhim o‘yinchiga aylanadi», – deb Zidanning so‘zlarini keltiradi Marca.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz