Узбек O'zbek
La Liga. «Real» safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi
Yakshanba, 10 Noyabr
3386

Ispaniya La Ligasining 13-turida «Real» mehmonda «Eybar»ga qarshi bahs yuritib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Madridliklar tarkibida kiritilgan to‘plarga Benzema (2ta), Ramos va Valverde mualliflik qilishdi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Real» ochkolarini 25taga yetkazib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Eybar» esa 15 ochko bilan 15-o‘ringa joylashgan. 

La Liga, 13-tur

Eybar – Real 0:4

9 noyabr, «Ipurua»
Gollar: Benzema (17, 29 penalti), Ramos (20, penalti), Valverde (61).
Eybar: Dmitrovich, Arbilya, Xose Anxel, Bigas, Orelyana (Leon, 65), De Blasis, Diop (Ekspozito, 81), Eskalante, Inui, Enrik, Kike Garsiya (Sharles, 81). 
Real: Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Mendi, Kazemiro, Valverde (Isko, 72), Vaskes (Dias, 81), Modrich, Azar (Vinisius, 72), Benzema.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz