Узбек O'zbek
Bundesliga. «Bavariya» o‘z maydonida «Borussiya»ni tor-mor etdi
Yakshanba, 10 Noyabr
1979

Germaniya Bundesligasining 11-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Bavariya» o‘z maydonida «Borussiya» Dortmundni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Myunxenliklardan Robert Levandovski (2ta) va Serj Gnabri gol urishdi, yana bir to‘pni Mats Xummels o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.

G‘alabadan so‘ng «Bavariya» ochkolarini 21taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o‘ringa chiqib oldi. «Borussiya» esa 19 ochko bilan 5-o‘ringa tushib ketdi.

Bundesliga, 11-tur

Bavariya – Borussiya D 4:0

9 noyabr, «Alyans-Arena»
Gollar: Levandovski (17, 76), Gnabri (47), Xummels (80, avtogol).
Bavariya: Noyer, Kimmix, Alaba, Pavar, Goretska (Alkantara, 72), Martines, Gnabri (Koutino, 70), Devis, Koman (Perishich, 76), Levandovski, Myuller.
Borussiya D: Byurki, Hakimi, Akanji, Xummels, Shuls, Gyotse (Roys, 61), Vaygl (Alkaser, 61), Brandt, Vitsel, Azar, Sancho (Gerreyru, 36).
Ogohlantirishlar: Roys (63), Koman (67), Kimmix (90+1).

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz