Узбек O'zbek
Vagiz Galiulin «Nefteximik» g‘alabasiga hissa qo‘shdi
Shanba, 09 Noyabr
2143

Rossiyaning nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi Futbol Milliy Ligasida (FML) 22-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.

«Nefteximik» safarda «Luch» bilan o‘ynab, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollardan biri hamyurtimiz Vagiz Galiulin hisobiga yozildi. 

32 yoshli futbolchi jamoasi tarkibida shu paytgacha jami 17ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan.

Bu natijadan so‘ng, «Nefteximik» 39 ochko bilan FML jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

FML, 22-tur
9 noyabr

Luch (Vladivostok) – Nefteximik (Nijnekamsk) 0:2
Gollar
: Makarov (53), Galiulin (54)
Chetlatish: Magadiyev (18, Luch)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz