Узбек O'zbek
Suares «Barselona»ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin
Shanba, 09 Noyabr
4991

«Barselona» hujumchisi Luis Suares Amerikaning «Inter Mayami» klubiga o‘tishi mumkin.

ESPN xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar 33 yoshli futbolchiga o‘rinbosar izlamoqdalar. Uning shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan, biroq «Barselona» uni bepul qo‘yib yuborishni istamayapti.

«Inter Mayami» esa uni erkin agent bo‘lganidan so‘ng bepul qo‘lga kiritishni ko‘zlamoqda. 

Bu mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 13ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan va 1ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz