Узбек O'zbek
Shomurodov va Sobolev ketma-ket 4-o‘yinda gol ura olishmayapti. Ular hamon to‘purarlar ro‘yxatida peshqadam
Shanba, 09 Noyabr
1698

«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov va «Krilya Sovetov» forvardi Aleksandr Sobolev Rossiya Premer-ligasining 16-tur doirasidagi o‘yinlarida gol ura olishmadi.

Bu bilan Rossiya Premer-ligasi to‘purarlarining golsiz seriyasi 4 ta o‘yinga yetdi. Sobolev ham, Shomurodov ham ketma-ket 4-o‘yinda ham gol ura olishmayapti. Sobolev «Spartak» (0:2), «Rubin» (0:0), «Zenit» (0:2) va «Orenburg» (1:0) bilan o‘yinlarda gol urolmadi. Shomurodov esa «Tambov» (1:2), «Krasnodar» (2:2), «Sochi» (2:0) va «Zenit» (1:6) bilan uchrashuvlarda klubi safida gol ura olmadi.

«Tambov» bilan uchrashuvdan keyin Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi ixtiyoriga yetib keladi

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz