Узбек O'zbek
«Manchester Siti» «Liverpul»dan xavfsizlikni ta’minlashni talab qilmoqda
Shanba, 09 Noyabr
5066

«Manchester Siti» APLning 12-turidan oldin «Liverpul»dan o‘yin arafasidagi xavfsizlikni kafolatlashni talab qildi, deb yozadi The Guardian.

«Shaharliklar» 2018 yil aprelida sodir bo‘lgan voqea takrorlanishidan xavotirda. O‘shanda mersisaydlik muxlislar «Manchester Siti» avtobusiga olovli petardalar va ichimlik idishlari uloqtirishgandi. Natijada avtobusga qattiq shikast yetgandi.

Shuningdek, mehmonlar «Enfild»ga boradigan yo‘lni sir tutishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» – «Manchester Siti» bahsi 10 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz