Узбек O'zbek
Liga 1. Ikardi «PSJ»ga g‘alaba keltirdi
Shanba, 09 Noyabr
1614

Fransiya chempionatining 13-turida «PSJ» mehmonda «Brest»ga qarshi bahs yuritib, Di Mariya va Ikardining gollari evaziga g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, Ikardi 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, hisob 1:1 bo‘lib turgan paytda gol urdi va jamoasiga 3 ochko keltirdi.

Shu tariqa Parij klubi ochkolari sonini 30taga yetkazib, turnir jadvalida yetakchilikni davom ettirmoqda. «Brest» esa 17 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Liga 1, 13-tur, 9 noyabr
Brest – PSJ 1:2
Gollar: Grandsir (72) – Di Mariya (39), Ikardi (85).

Brest: Larsonner, Ben, Perro, Kastelletto, Kur, Fossure, Diallo, Otre (Grandsir, 65), Belkebla, Sharbone, Kardona (Mendi, 78). 
PSJ: Riko, Kurzava, Dagba, Tiago Silva, Diallo, Verratti (Markinos, 80), Guye, Di Mariya, Draksler, Sarabiya (Shuro-Moting, 80), Kavani (Ikardi, 80).
Ogohlantirish: Draksler (74).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz