Узбек O'zbek
Levandovski «Bavariya» tarkibini tanqid qildi
Shanba, 09 Noyabr
3528

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Süddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervyuda o‘z jamoasi tarkibini tanqid qildi.

«Tarkibda Noyer – Levandovski juftligining borligi yetarli emas. Jamoaning har bir qismida, har bir chizig‘ida yetakchi bo‘lishi kerak. Yetakchi darvozabon, yetakchi himoyachi, yetakchi yarimhimoyachi va yetakchi hujumchi – bu mukammal tarkib bo‘lardi. Bir futbolchi hammani ergashtirib ketolmaydi, buning imkoni yo‘q», - dedi Levandovski.
 
Levandovski 2014 yildan beri «Bavariya» sharafini himoya qilmoqda. Shu paytgacha 169ta o‘yinda maydonga tushib, 142ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz