Узбек O'zbek
Klopp: «Liverpul»da Mbappe bilan shartnoma imzolash imkoniyati yo‘q»
Shanba, 09 Noyabr
2816

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappega bo‘lgan qiziqishni rad qilib, uni qo‘lga kiritish imkoniyati yo‘qligini aytdi.

Avvalroq «qizillar» fransiyalik iste’dodni Muhammad Salohga o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgani va uning transferi uchun 215 mln funt to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Bunday saviyadagi futbolchini qo‘lga kiritish juda ham qiyin. Hozir Mbappeni sotib olishga qodir bo‘lgan birorta klubni ko‘rmayapman. Biz ham bunday klublar qatoriga kirmaymiz. Hammasi oddiy.

Sport nuqtai nazaridan bunday ajoyib futbolchini qo‘lga kiritmaslikka sabab yo‘q. Juda zo‘r o‘yinchi. Hammasi pulga borib taqaladi. Shuning uchun ham imkoni yo‘q. Bu masalaga nuqta qo‘yaylik», – deb Klopp so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz