Узбек O'zbek
Duglas Kosta: «Lokomotiv»ga urgan golim faoliyatimdagi eng chiroylisidir»
Shanba, 09 Noyabr
2140

«Yuventus» yarimhimoyachisi Duglas Kosta Chempionlar Ligasining 4-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinda (2:1) urgan goli haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli futbolchi qo‘shimcha daqiqalarda g‘alaba to‘pini kiritgandi.

«Maydonga tushgach, dastlab markazda o‘ynash boshladim, bo‘sh joy topish qiyin bo‘ldi. Keyin Dibala va Bonuchchi bilan gaplashib, chap tomonda o‘ynashimni aytdim.

Ikki himoyachi oldidan yugurganimda darvoza oldida joy borligini ko‘rdim va Iguain aqlli uzatmani amalga oshirdi.

Bu mening faoliyatimdan eng chiroyli goldir. Goldan keyin libosimni yechishga odatlanmaganman, ammo bu safar o‘zimni to‘xtata olmadim», – deb Kostaning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz