Узбек O'zbek
Chempionlar Ligasi finali Amerikada o‘tkazilishi mumkin
Shanba, 09 Noyabr
2184

2024 yilgi Chempionlar Ligasi finali AQSHda o‘tkazilishi mumkin.

UEFA nufuzli turnirning hal qiluvchi bahsini Yevropadan tashqarida o‘tkazish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. 

The Morning Consult xabariga ko‘ra, 2023/24 mavsumi finalini AQSHning Nyu-Jersi shahri qabul qilishi mumkin.

Muzokaralarning dastlabki bosqichi boshlangan. Shu tufayli bu haqdagi qaror yaqin orada qabul qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining 2020 yilgi finali Istambulda, 2021 yilgisi Sankt-Peterburgda, 2022 yilgisi Myunxenda, 2023 yilgisi Londonda o‘tkaziladi.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz