Узбек O'zbek
«Barselona» prezidenti: «Messidan keyingi davrga tayyorgarlik ko‘ryapmiz»
Shanba, 09 Noyabr
3197

«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu hujumchi Lionel Messi tez orada yetakchi bo‘lmay qolishi va klub bunga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytdi.

«Messidan keyingi davrga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Menimcha yana 2-3 yil davomida Leo yetakchimiz bo‘lib qoladi. Ammo klubga hozirdanoq yosh futbolchilar kelmoqda. Messi va Peleni har doim taqqoslab ko‘raman. Ular bir-biriga o‘xshash futbolchilar. Leo faoliyatini yakunlaganidan so‘ng ham «Barselona» bilan bir umr birga bo‘ladi. Uning shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan. Agar Messi o‘zida kuch va ishtiyoq topa olsa,  shubhasiz, biz hamkorlikni yanada uzaytiramiz», - deb Bartomeu so‘zlarini keltirmoqda Sport ES.

Messi 2003 yildan beri «Barselona»ning asosiy tarkibida o‘ynayapti. U jami 697ta o‘yinda maydonga tushib, 609ta gol urgan va 247ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz