Узбек O'zbek
O‘zbekiston U19 Osiyo chempionati saralashida ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi
Juma, 08 Noyabr
5064

Saudiya Arabistonining Xobar shahrida Osiyo chempionati – 2020 saralash o‘yinlari davom etmoqda. 

Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston U19 jamoasi 2-turda afg‘onistonlik tengqurlari bilan bellashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Endi so‘nggi turda o‘zbekistonliklar mezbonlarga qarshi maydonga tushadilar.

Eslatib o‘tamiz, guruhda 1-o‘rinni egallagan jamoa Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Barcha guruhlarda 2-o‘rinni egallagan 5ta eng yaxshi jamoa ham qit’amizning nufuzli turnirida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

U19 Osiyo Chempionati - 2020 saralashi
 F guruhi, 1-tur
6 noyabr
O‘zbekiston U19 – Hindiston U19 2:0
Gollar: Ulug‘bek Xoshimov (51), Muzaffar Olimjonov (65) 

Saudiya Arabistoni – Afg‘oniston 1:0

2-tur, 8 noyabr
Afg‘oniston – O‘zbekiston 0:2

Gollar: Odilbek Abdumajidov (36), Diyorbek Rahimqulov (41)
O‘zbekiston U19:Abduvohid Ne’matov, Odilbek Abdumajidov, Ibrohimhalil Yuldoshev, Ulug‘bek Xoshimov, Jasurbek Jaloliddinov, Sunnatilloxon Hamidjonov, Diyor Ramazonov, Ruslan Roziyev, Muzaffar Olimjonov, Xurshidbek Ubaydullayev, Diyorbek Rahimqulov
Zaxira: Saidazamat Mirsaidov, Davron Anvarov, Alibek Davronov, Xojimat Erkinov, Ibrohim Ibragimov, Behzod Shamsiyev, Asadullaxon Polvonov, Eldorbek Begimov, Islomjon Abdullaxonov, Muhammadqodir  Rahimberganov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev
 21:05 Hindiston – Saudiya Arabistoni

3-tur, 10 noyabr
17:05 Hindiston – Afg‘oniston
21:05 Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz