Узбек O'zbek
O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘yinini germaniyalik hakamlar boshqaradi
Juma, 08 Noyabr
5421

9 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘rtoqlik o‘yinini boshqarish uchun germaniyalik hakamlar guruhi taklif etildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (O‘FA). 

Bosh hakam sifatida Rossiya yashil maydonlarida o‘tgan JCH-2018da VAR tizimi bo‘yicha faoliyat olib borgan FIFA referisi Bastian Dankert ishlaydi. Unga qanotlarda Yan Zaydel va Rene Rode yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasini o‘zbekistonlik Ilgiz Tantashev bajaradi.

Bu amaliyot O‘FA va GFI (Germaniya Futbol Ittifoqi) bilan hamkorlik doirasida yo‘lga qo‘yilmoqda.

O‘rtoqlik uchrashuvi
9 noyabr (shanba)
O‘ZBEKISTON – QIRG‘IZISTON
«Paxtakor» stadioni, 17:00
Bosh hakam
: Bastian Dankert (Germaniya). 
Yordamchi hakamlar: Yan Zaydel (Germaniya), Rene Rode (Germaniya). 
Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz