Узбек O'zbek
Vardi – APLning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi
Juma, 08 Noyabr
647

«Lester» hujumchisi Jeymi Vardi Angliya Premer-ligasining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

32 yoshli angliyalik forvard o‘tgan oyda 3 o‘yinda 4 ta golga mualliflik qildi.

U bu borada Jek Grilish («Aston Villa»), Ilkay Gyundogan («Manchester Siti»), Din Xenderson («Sheffild Yunayted»), Yuri Tilemans («Lester») va Villian («Chelsi») singari futbolchilarni ortda qoldirdi.

Shuningdek, Vardi Angliya Premer-ligasida ushbu sovrinni 4 martadan ko‘p qo‘lga kiritgan 12-futbolchi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, APLda eng ko‘p marta oy laureatiga aylangan futbolchi – «Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero sanaladi – 6 marta. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz