Узбек O'zbek
Shomurodov gol+pas bo‘yicha ham «Rostov» yetakchisi
Juma, 08 Noyabr
6637

«Rostov» klubi matbuot xizmati keltirgan raqamlarga ko‘ra, hamyurtimiz Eldor Shomurodov yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha klubda eng yaxshi hisoblanadi.

Terma jamoamiz hujumchisi klubi safida dastlabki davrada 10 ta gol urish bilan birga 3 ta golli pasga ham mualliflik qilgan.

Bu borada ikkinchi o‘rinda yarimhimoyachi Aleksey Ionov qayd etilgan bo‘lib, rossiyalik futbolchi o‘z hisobiga 4 ta gol + 6 assistni yozib qo‘ygan.

Uchinchi eng yaxshi ko‘rsatkich Xoren Bayramyanda bo‘lib, u 4 gol + 2 ta golga hammualliflik qilgan. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz