Узбек O'zbek
Saloh: «Odamlarning gapiga e’tibor bermayman»
Juma, 08 Noyabr
3849

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh APL doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘tgan yili ham «Manchester Siti»dan 6 yoki 7 ochko oldinda edik. Shunda odamlar chempion bo‘lishimiz haqida gapira boshladilar. Agar bu o‘yinda g‘alaba qozonsak ham, oldinda hali uzoq yo‘l bor. Hozir noyabr oyi, chempionlik haqida gapirishga erta.

Odamlarning sermahsulligim pasaygani haqidagi gap-so‘zlariga e’tibor bermayman. Gol ursam, g‘alaba qozonsak, demak hammasi joyida. Agar gap-so‘zlarga e’tibor bersam, bu qo‘shimcha bosimni keltirib chiqaradi» - deb futbolchi so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

«Liverpul» — «Manchester Siti» o‘yini 10 noyabr kuni soat 21:30da boshlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz