Узбек O'zbek
Rossiya milliy jamoasining yangi libosi keskin tanqidga uchradi
Juma, 08 Noyabr
9454

Rossiya milliy jamoasining Yevro-2020 uchun mo‘ljallangan yangi libosi muxlislar va mutaxassislar tanqidiga uchradi.

Hatto Rossiya Futbol Ittifoqi (RFI) rahbariyatiga ham uning dizayni yoqmadi. Tanqidchilar uning avvalgi libosdan deyarli farq qilmasligini va Rossiya bayrog‘ining teskari holda tasvirlanganini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Endi RFI ekipirovka ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatishi ham mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, nemis kompaniyasining RFI bilan 2021 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bor va yiliga 400 mln rubl (taxminan 6,5 mln dollar) miqdorida mukofot to‘lamoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz