Узбек O'zbek
Rio Ferdinand: «Ronaldu 34 yoshda va hamon yuqori darajada»
Juma, 08 Noyabr
4899

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ronaldu hozir 34 yoshda va hali ham yuqori pog‘onada. U 10 yildan ortiq vaqt davomida dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisidan biri bo‘lib turibdi. 

Bir kuni men uning uyida edim va zalda taxminan 10 kishini ko‘rdim. Bu odamlar kim ekanligini so‘radim. Bilsam, ular uning oshpazi,  fizioterapevti, shifokori, shaxsiy murabbiyi ekan.

U «Manchester Yunayted»ni dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida tark etdi. U to‘gri yo‘lda edi.  U jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanish uchun juda ko‘p pul sarfladi. Bu unga barqaror o‘ynash imkoniyatini berdi», – deb Ferdinandning so‘zlarini keltiradi Goal.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz