Узбек O'zbek
Pep Gvardiola: «Liverpul» – ayni damda jahonning eng kuchli klubi»
Juma, 08 Noyabr
2869

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Liverpul»ga qarshi o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Ayni damda «Liverpul» - jahonning eng kuchli klubi. Bizni ularga qarshi 90 daqiqalik o‘yin kutmoqda.

- Klopp haqida qanday fikrdasiz?

- U «Borussiya»da zo‘r ishlagandi, bu yerda ham katta hajmdagi ishlarni qila oldi. U «Liverpul»ni qabul qilib olganida, klub sovrinlarga da’vogar emasdi. Klopp 3-4 yilda ajoyib jamoani yarata oldi.

- «Manchester Siti» mag‘lub bo‘lgan taqdirda – chempionlik poygasi tugaydimi?

- Bilmayman, hali oldinda ko‘p o‘yinlar mavjud. Yakshanba kuni ham, undan keyingi o‘yinlarda ham biz oxirigacha kurashishda davom etamiz.

 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz