Узбек O'zbek
Mourino «Bavariya» bilan 3 yillik shartnoma imzolamoqchi
Juma, 08 Noyabr
3625

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino «Bavariya»ni boshqarishi mumkin, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport jurnalisti Nikolo Skira.

Portugaliyalik mutaxassis nemis klubi bilan 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma tuzishni xohlamoqda. «Bavariya» ushbu taklifni ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, yakuniy qaror milliy jamoalar o‘yinlari tufayli yuzaga keladigan tanaffus paytida qabul qilinadi.

Avvalroq myunxenliklar «Ayaks» bosh murabbiyi Erik ten Xag va «PSJ» ustozi Tomas Tuxel nomzodlarini ko‘rib chiqayotganligi aytilgandi. Ammo bu murabbiylar mavsum o‘rtasida jamoani qabul qilishga tayyor emas.

Shuningdek, «Bavariya» Arsen Venger nomzodini rad qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz