Узбек O'zbek
MLS rahbari: «Ibrahimovich «Milan»ga o‘tmoqda»
Juma, 08 Noyabr
3821

MLS rahbari Don Garber «Los-Anjeles Gelaksi» forvardi Zlatan Ibrahimovichning «Milan»ga qaytayotganligini ma’lum qildi.

38 yoshli shved Italiyaning ushbu klubida 2010-2012 yillarda faoliyat yuritgandi. Ayni damda «Gelaksi»da to‘p surayotgan hujumchining shartnomasi 2019 yilda yakunlanadi.

«Zlatan – ajoyib personaj. U bilan zerikmaysan. Ibrahimovich va Bekxemga o‘xshash jarangdor nomlar bizga kerak. Zlatan 38 yoshida jahonning top-klublaridan biri «Milan»ga o‘tmoqda.

Zlatanning o‘yinini kuzatish rohat bag‘ishlaydi. U ikki yildayoq gollar bo‘yicha rekordni yangilashga juda yaqin kelgandi. U hech qachon zeriktirib qo‘ymaydi, keyinchalik uning MLSga yana qaytishini istardim» - deydi Garber. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz