Узбек O'zbek
Messi va Grizmann o‘rtasidagi nizoga barham berilmagan
Juma, 08 Noyabr
10147

«Barselona» sardori Lionel Messi bilan hujumchi Antuan Grizmanning munosabatlari hamon yaxshi emas.

El Chiringuito TV xabariga ko‘ra, argentinalik va fransiyalik mashg‘ulotlarda umuman muloqot qilishmayapti. Bu esa nizoning jiddiy ekanidan dalolat bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Grizmanni 120 mln yevro evaziga «Atletiko»dan sotib olgan edi.

Bu mavsumda fransuz barcha musobaqalarda 14ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan. Lionelning hisobida 10ta o‘yinda urilgan 6ta gol va 5ta golli uzatma bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz