Узбек O'zbek
«Manchester Siti» darvozaboni «Liverpul»ga qarshi o‘ynay olmaydi
Juma, 08 Noyabr
3636

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning 12-turidan o‘rin olgan «Liverpul»ga qarshi o‘yinda jamoa darvozaboni Ederson maydonga tushmasligini aytdi.

«Ederson o‘ynay olmaydi. U qancha vaqtga safdan chiqqanini bilmayman. Yakshanba kuni u o‘ynay olmaydi.

Bravo uning o‘rnini egallaydi. U – Chili bilan ko‘plab o‘yinlarda g‘alaba qozongan ajoyib darvozabon. Men unga shubha qilmayman», – deb Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi klubning «tvitter»dagi rasmiy sahifasi.

Eslatib o‘tamiz, Ederson Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 4-turidan o‘rin olgan «Atalanta»ga qarshi o‘yinda (1:1) jarohat olgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz