Узбек O'zbek
Klopp: «O‘tgan mavsumda «Siti»dan uchralgan mag‘lubiyat hal qiluvchi rolni o‘ynaganidan xabardormiz»
Juma, 08 Noyabr
3043

«Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Manchester Siti» bilan bo‘lajak o‘yinning ahamiyati haqida gapirdi.

«Bu faqat 12-tur, oldinda o‘yinlar ko‘p. Lekin o‘tgan mavsumda «Siti»dan uchralgan birgina mag‘lubiyat hal qiluvchi rolni o‘ynaganidan xabardormiz.

Hali o‘yinlar ko‘p. Mavsumning eng qiyin davrlari – noyabr, dekabr va yanvar endi keladi. Bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz, ammo bu mavsumning qolgan qismiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ko‘p o‘ylamaymiz. 

Bu mavsum avvalgisidan farq qiladi, nima bo‘lishini bilmaymiz. Haqiqatan biz bir-birimizni yuqori darajaga olib chiqdik», – deb Kloppning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

«Liverpul» – «Manchester Siti» o‘yini 10 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:30da start oladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz