Узбек O'zbek
«Xohlaganimni gapiraman» - Zidan «PSJ» rahbariga zada qildi
Juma, 08 Noyabr
13468

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan «PSJ» sport direktori Leonardo so‘zlariga munosabat bildirdi.

Avvalroq fransiyalik mutaxassis Kilian Mbappe haqida gapirib, uning «Real»ga o‘tish orzusi borligini aytgan edi. Shundan so‘ng Leonardo futbolchini o‘z holiga qo‘yishni tavsiya qilib, Zidanni klub ishlariga aralashmaslikka chaqirdi.

«Kilian Mbappe qachonlardir «Real» futbolkasini kiyish orzusi borligini aytgan edi. Men shu haqda gapirganman. Bugun ham shuni aytaman. Har kuni takrorlashga tayyorman. Leonardoga aytadigan boshqa gapim yo‘q. Xohlaganimni gapiraman», — deb Zidan so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz