Узбек O'zbek
Xames – APL top-klublarining nishonida
Juma, 08 Noyabr
2231

«Real» yarimhimoyachisi Xames Rodriges qishda Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. 

The Sun xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi bilan «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» klublari qiziqmoqda. Uning transfer qiymati 50 mln yevro bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Xames bosh murabbiy Zinedin Zidan bilan nizoga borgani sababli  yetarli darajada o‘yin amaliyotiga ega emas va Ispaniyani tark etishi mumkin.

Bu mavsumda kolumbiyalik futbolchi La Ligada 7ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz