Узбек O'zbek
«Espanol» yevrokuboklar rekordini uzaytirdi
Juma, 08 Noyabr
2474

Ispaniyaning «Espanol» klubi Yevropa Ligasida «Ludogorets»ni 6:0 hisobida mag‘lub etdi.

Natijada, ispaniyaliklarning yevrokuboklardagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlari soni 25taga yetdi. Gracenote Live xabariga ko‘ra, bu rekord ko‘rsatkichdir. Statistikada penaltilar seriyasidagi mag‘lubiyatlar inobatga olinmagan.

So‘nggi marta «Espanol» 2006 yil 23 fevral kuni «Shalke»ga 0:3 hisobida yutqazgan edi.

Yevrokuboklardagi eng uzun mag‘lubiyatsiz seriyalar:
25 – «Espanol» (2006-2019)
21 – «Ayaks» (1994-1996)
20 – «Yuventus» (1969-1972)
19 – «Zalsburg» (2016-2018)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz