Узбек O'zbek
Valverde dekabrdayoq almashtirilishi mumkin. Uning o‘rniga Argentinadan murabbiy kelishi kutilmoqda
Payshanba, 07 Noyabr
7994

Argentinalik sobiq futbolchi, hozirda murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan Klaudio Borgi «Barselona»ning keyingi murabbiyi kim bo‘lishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda «River Pleyt»ni boshqarayotgan Marselo Galyardo dekabr oyida «Barselona»da Ernesto Valverde o‘rniga ish boshlaydi.

«Galyardo dekabr oyida «Barselona» bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Ernesto Valverdening ishi yurishmayapti, Galyardo esa – jahonning eng kuchli murabbiylaridan biridir.

Mendagi ma’lumot ishonchli manbadan», – deya Borgining so‘zlarini keltirmoqda TNT Sports.

Ayni vaqtda 43 yoshda bo‘lgan Galyardo «River Pleyt», «Monako», «PSJ», «Di Si Yunayted» va Urugvayning «Nasonal» klublarida to‘p surgan.

U 2014 yilda «River Pleyt» boshqaruviga kelib, klub bilan ikki marta Libertadores kubogida g‘olib chiqqan. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan.

Bundan avvalroq OAVda agar kataloniyaliklar qoniqarsiz natijalar ko‘rsatishda davom etsa, Ernesto Valverde ishini yo‘qotishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Keyinroq klub prezidenti Xosep Bartomeu Valverde mavsum yakuniga qadar o‘z joyida qolishini ma’lum qildi.

Ayni damda «Barselona» 22 ochko to‘plagan holda Ispaniya chempionati turnir jadvalini boshqarib turibdi. Ammo jamoa chempionatning 12-turida «Levante»ga mag‘lub bo‘ldi (1:3), YeCHLning 4-turida esa «Slaviya» klubi darvozasiga gol ura olmadi (0:0).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz