Узбек O'zbek
Loris jarrohlik amaliyotidan o‘tdi va kelasi yili qaytadi
Payshanba, 07 Noyabr
1895

«Tottenhem» darvozaboni Ugo Loris jarrohlik amaliyotidan muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.

Futbolchi APL 8-turidan o‘rin olgan «Brayton»ga (0:3) qarshi o‘yinda noqulay tarzda yiqilib, chap yelkasidan jarohat olgan edi. Shundan so‘ng u jarrohlik stoliga yotib, amaliyotdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Endi u 2020 yil yanvar oyigacha sog‘lig‘ini tiklash bilan mashg‘ul bo‘ladi.

32 yoshli posbon 2012 yildan beri «Tottenhem» sharafini himoya qilmoqda. Bu mavsumda u 9ta o‘yinda maydonga tushib, 17ta gol o‘tkazib yuborgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz