Узбек O'zbek
«Real» Obameyangni taklif etmoqchi
Chorshanba, 06 Noyabr
3171

«Real» prezidenti Florentino Peres yozgi transfer darchasidagi bosh maqsad sifatida «Arsenal» hujumchisi Per-Emerik Obameyangni Madridga olib kelishni rejalashtirgan, deya xabar bermoqda «El Desmarque» nashri.

Obameyang Dortmundning «Borussiya» klubidan «Emireyts»ga ko‘chgandan buyon ajoyib natijalar ko‘rsatmoqda. Gabonlik hujumchi o‘tgan mavsum Muhammad Saloh, Sadio Mane bilan birga Premer-Liganing «Oltin butsa»siga ega chiqqandi.

Futbolchi va «Arsenal» o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, gabonlik hujumchi «Kanonirlar» safini tark etishni istasa, London klubi 80 million yevrodan kam bo‘lmagan mablag‘ taklif qilgan klublar taklifini ko‘rib chiqishga majbur. Ayni damda hujum chizig‘ida muammolari bo‘lgan «Real» ushbu forvardga qiziqish bildirib, rasmiy taklif bilan chiqmoqchi.

Per-Emerik Obameyang ushbu mavsumda APL doirasidagi 11 o‘yinda maydonga tushib, 8 ta golga mualliflik qildi. To‘purar «Arsenal» tarkibida Premer-ligada 60 ta o‘yin o‘tkazib, jami 40 ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz