Узбек O'zbek
Rangnik «Bavariya»da ishlashdan bosh tortdi
Chorshanba, 06 Noyabr
2210

«RB Leypsig» klubining sobiq bosh murabbiyi, ayni paytda Red Bull kompaniyasining sport bo‘limi rahbari Ralf Rangnik «Bavariya» bilan muzokara o‘tkazishni istamadi.

«Rangnik muzokaraga tayyor emas. «Bavariya» uning g‘oyalariga muhtoj emas deb hisoblaymiz. Shu tufayli muzokara o‘tkazishdan ma’no yo‘q», – dedi Rangnikning agenti Mark Kositske.

Bild xabariga ko‘ra, endi «Bavariya»ni boshqarishga asosiy nomzod – Arsen Venger.

Avvalroq The Guardian nashri myunxenliklarni boshqarishga nomzodlar orasida Massimiliano Allegri va «Ayaks» bosh murabbiyi Erik ten Hag ham borligini yozgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz