Узбек O'zbek
«Liverpul» 33 yil ichida ilk bor ketma-ket 2 kunda 2ta o‘yin o‘tkazadi
Chorshanba, 06 Noyabr
6322

«Liverpul» dekabr oyida ikki xil tarkib bilan Liga Kubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘ynashini tasdiqladi.

Mersisaydliklar 17 dekabr kuni «Aston Villa»ga qarshi Liga Kubogi o‘yinini, 18 dekabr kuni esa klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarimfinalida (raqib noma’lum) maydonga tushishlari ma’lum bo‘ldi.

Klub rasmiy saytida berilgan bayonotda bu qaror ideal emasligi, ammo turnir, boshqa klublar va jamoaning manfaatlarini hisobga olgan holda shu to‘xtamga kelingani ta’kidlandi.

«Liverpul» va Angliya futbol ligasi «Aston Villa» bilan o‘yinni boshqa sanaga ko‘chirish masalasini muhokama qilishdi, ammo keltirilgan variantlarning hech biri maqbul deb topilmadi.

Shu tariqa «qizillar» 1986 yilning dekbridan beri ilk bor 2 kun ichida 2ta o‘yin o‘tkazishadi. 33 yil avval Kenni Dalglish jamoasi chempionat doirasida 26 dekabr kuni «MYU»dan mag‘lubiyatga uchragan (0:1) va ertasi kuni «Sheffild Uensdey» ustidan g‘alaba qozongan edi (1:0).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz