Узбек O'zbek
Lippi: «Allegri chaqiruvlarni yaxshi ko‘radi, u – «MYU» uchun yaxshi tanlov»
Chorshanba, 06 Noyabr
1398

Xitoy milliy jamoasi bosh murabbiyi Marchello Lippi  «Manchester Yunayted»ga Massimiliano Allegri mos kelishi haqida gapirdi.

«Manchester Yunayted» ishqibozi sifatida Allegrini klub bosh murabbiyi vazifasida ko‘rishdan xursand bo‘lardim.

«MYU» – ingliz futbolining tarixi. Klub qiyin kunlarni boshidan kechirdi, ammo bu – ajoyib jamoa.

Avvalo, Sulsher – ajoyib hujumchi va  yaxshi murabbiy. Allegri haqida gapiradigan bo‘lsam, men uni namunali mutaxassis deb bilaman.

Fergyuson bilan uzoq yillik do‘stligim Allegrini «Yunayted» uchun eng yaxshi tanlov deb aytishimga imkon beradi. U ayyor, taktikalarga mohir va o‘yinni bemalol o‘qiydi.

Allegri – qiyinchiliklarni, chaqiruvlarni yaxshi ko‘radigan kamtar inson. U Angliyada o‘zini bemalol yaxshi his eta oladi va «MYU»ga mos keladi», – deb Lippining so‘zlarini keltiradi Daily Mail.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz