Узбек O'zbek
Brendan Rojers: «Mourino bilan o‘xshash jihatlarimiz bor»
Chorshanba, 06 Noyabr
1224

«Lester» bosh murabbiyi Brendan Rojers Joze Mourino unga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.

«Chelsi»ga qarshi o‘ynaganimda Joze menda katta taassurot qoldirgan. U aql bovar qilmaydigan xarizmaga ega. Bundan tashqari u jamoa yetakchiligi, mashg‘ulotlar va boshqa detallarni birlashtirishga qodir.

Biz hech qachon o‘yinga bir xil nuqtayi nazar bilan qaramaganmiz, ammo bizda ko‘p o‘xshashliklar bor. Biz futbolchilar, odamlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko‘ramiz, juda talabchanmiz va hamma narsani mukammal qilishni xohlaymiz. Ikkalamiz ham o‘z vazifamizni samarali bajarayotganimizni ko‘rishni istaymiz. U men uchun ajoyib o‘rnak bo‘lgan», – deb Rojersning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz