Узбек O'zbek
«Arsenal»da Jaka o‘rniga yangi jamoa sardori tayinlandi
Chorshanba, 06 Noyabr
5568

«Arsenal» bosh murabbiyi Unai Emerining so‘zlariga ko‘ra, APLning 10-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda (2:2) muxlislar bilan ziddiyatga borgan jamoa yarimhimoyachisi Granit Jaka sardorlik bog‘ichidan mahrum etildi. Bu haqda Football London xabar beradi.

Yevropa Ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan «Vitoriya»ga qarshi o‘yinoldi matbuot anjumanida Emeri Jakaning sardorlik bog‘ichidan mahrum bo‘lganini va hujumchi Per-Emerik Obameyang jamoaning yangi sardori ekanligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Obameyang 11-turdan o‘rin olgan «Vulverhempton»ga qarshi o‘yinda (1:1) jamoani sardor sifatida olib chiqqan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz